Suriyadagi AQSH bazasiga yana hujum qilindi

Olam

image

Suriya sharqidagi Al-Omar neft koni yaqinida joylashgan AQSH harbiy bazasiga dronlar tomonidan hujum qilindi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, hududda kuchli portlashlar sodir bo‘lgan. Shuningdek, Suriyada joylashgan Amerika kuchlari foydalanadigan Xasaka viloyatidagi Harrab al-Jair aerodromiga ham dronlar hujum qilgan.

Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni "Iroq islomiy qarshilik harakati" guruhi o‘z zimmasiga olgan. 

Guruh vakili Ja’far al-Husayniy “Al Mayadeen” nashriga bergan intervyusida bo‘linmalar G‘azo sektoridagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSH bazalariga hujum uyushtirganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Suriya va Iroqdagi harbiy bazalariga bir qator hujumlar uyushtirilgandi. Oqibatda 20 dan ortiq amerikalik askar jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya AQSh bazasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing