Suriyadagi AQSH bazasiga hujum uyushtirildi
Olam
−
03 fevral
7051Bugun, 3 fevralga o‘tar kechasi Iroqdagi harbiy kuchlar AQSHning Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatidagi “Koniko” koniga yaqin joylashgan "Harir" bazasiga uchuvchisiz dronlar yordamida hujum uyushtirdi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.
Bu hujum AQSH samolyotlari Iroq g‘arbi va Suriya bilan chegaradosh hududlarga zarbalar berganidan keyin sodir bo‘lgan.
“Amerikaning Iroq va mintaqadagi bosqinchi kuchlariga qarshi va sionistik tuzumning G‘azo sektorida xalqimizni qirg‘in qilishiga javoban Amerika ishg‘ol bazasiga hujum qildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni soat 04:00 da AQSH Markaziy qo‘mondonlik kuchlari Iroq va Suriyada Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli “Al-Quds” maxsus kuchlari va unga aloqador guruhlarga qarshi havo hujumlarini boshlagandi. Suriya va Iroq esa o‘z hududlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan berilgan zarbalarni qoraladi.
Ulkanbayeva Rayxona
LiveBarchasi