Suriyada vaziyat keskin: o‘n minglab odamlar qochishga majbur bo‘lmoqda 

Olam

image

ISHID terrorchilarining qamoqxonaga uyushtirgan hujumi oqibatida Suriyaning Al-Hasaka shahrida vaziyat keskinlashganidan so‘ng o‘n minglab odamlar qo‘shni hududlarga qochishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi xabar bergan.  

Joriy yilning 20 yanvar kuni ISHID terrorchilari terror tashkiloti a’zolari saqlanayotgan “Guyran/Sinaa” qamoqxonasiga u yerdagilarni ozod qilish uchun hujum uyushtirgan. Terrorchilar va viloyatni nazorat qilayotgan “Suriya demokratik kuchlari” (SDF) arab-kurd otryadlari o‘rtasidagi janglar bir necha kundan beri davom etmoqda. 

“Biz uylarini tark etishga majbur bo‘lgan va hozirda boshpana, oziq-ovqat, suv, tibbiy xizmatlar va birinchi navbatda xavfsizlikka muhtoj bo‘lgan odamlarning ahvolidan ayniqsa havo harorati nol darajadan pastga tushayotgani sababli chuqur xavotirdamiz”, degan Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Suriyadagi rahbari Kristof Martin. 

Tashkilotning ta’kidlashicha, muhojirlar soni “o‘n minglab”ga yetadi. Bayonotda aytilishicha, qo‘mita barcha tomonlarni muhtojlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatishga, shuningdek, jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan odamlarga insonparvar munosabatda bo‘lishga chaqirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, qamoqxonaga hujumda 200 ga yaqin xudkush-terrorchi ishtirok etgan. Aholi yashash joylariga qochgan terroristlar bir necha kundan beri 700 ga yaqin voyaga yetmagan bolani tirik qalqon sifatida ishlatib, qurolli qarshilikni davom ettirmoqda. Kurd tuzilmalariga AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning aviatsiya va zirhli texnikalari yordam bermoqda, o‘n mingdan ortiq SDF jangarilari ishtirok etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 300 ga yaqin terrorchi SDF kuchlariga taslim bo‘lgan, 175 nafari yo‘q qilingan, 27 nafar askar kurd tuzilmalari tomonidan o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya IShID

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing