Suriyada vayronalar ostida chaqaloq dunyoga keldi (video)
Olam
−
07 fevral 2023
12493Suriyalik qutqaruvchilar Aleppo shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng vayronalar ostidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “El Balad” axborot portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol “Jenderes” qishlog‘ida yer silkinishi oqibatida qulagan bino vayronalari ostida qolib, bolani dunyoga keltirgan. Ammo uning o‘zi vafot etgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq qutqarib qolinib, shifoxonaga yotqizilgan. Chaqaloq qiz bola bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila asoratlari Suriyada ham kuzatildi. Suriyada halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etib, 3530 kishi yaralangan edi.
LiveBarchasi