Suriyada qurbon bo‘lgan tinch aholining asl soni aytildi

Olam

image

Suriyada 10 yildan buyon davom etayotgan fuqarolar urushi davomida 307 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘lgan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Suriya mojarosi bo‘yicha hisobotida aytiladi. 

2011 yilning 1 martidan 2021 yil 31 martigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan hujjatga ko‘ra, avvalroq ta’kidlanganidek, Suriyadagi to‘qnashuvlarda 143 350 nafar suriyalik tinch aholi emas, balki 306 887 nafar, ya’ni asl raqamlar 163 537 taga ko‘p. Bu mamlakatdagi tinch aholi qurbonlarini baholash parametrlarini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq. Qurbonlar soni Suriya aholisining 1,5 foiziga to‘g‘ri keladi.

Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida Suriyada har kuni o‘rtacha 83 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bacheletning so‘zlariga ko‘ra, bu raqamlar tibbiy yordam, oziq-ovqat va ichimlik suvi yetishmasligi sababli halok bo‘lgan tinch aholi sonini o‘z ichiga olmaydi.  

“Afsuski, bu mamlakatda urush to‘xtamaguncha, Suriya tinch fuqarolari halok bo‘lishda davom etadi”, deydi Bachelet.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya BMT

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing