Suriyada ISHID qo‘mondoni o‘ldirildi

Olam

image

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Suriyada ISHID xalqaro terrorchilik guruhi qo‘mondonlaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda CENTCOM e’lon qilgan bayonotda ma’lumot keltirilgan
 
Ma’lum qilinishicha, 17 aprel kuni AQSH harbiylarining harbiy vertolyoti orqali o‘tkazilgan operatsiyada ISHIDning Suriyadagi yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilingan. 

Xabarga ko‘ra, vafot etgan Abd al-Hadi Mahmud al-Hoji Ali bir nechta terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan. Bayonotda u Yaqin Sharq va Yevropada terrorchilik hujumlarini rejalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan yetakchi va operativ rejalovchi sifatida ta’riflanadi.

Aytilishicha, vertolyot operatsiyasi ISHID chet elda amaldorlarni o‘g‘irlashni rejalashtirganini ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlari ortidan amalga oshirilgan.

Bayonotda ISHID guruhining yana ikki a’zosining o‘ldirilganiga ham ishora qilinadi, operatsiya haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasining ma’lum qilishicha, hujum Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Jarabulus shahridan 25 kilometr g‘arbda joylashgan al-Suvayda qishlog‘idagi binoga uyushtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 aprel kuni AQSH Suriyada ISHIDning yuqori martabali rahbarini yo‘q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyani amalga oshirgan edi. Operatsiyada ISHIDning Yevropadagi hujumlarini rejalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va guruh rahbariyatini tuzgan Xolid Aydd Ahmad al-Jaburiy yo‘q qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya IShID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing