Suriyada isyonchilar Hama shahriga kirib bordi

Olam

image

Kecha, 4 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukumat kuchlarining qarshi hujumiga qaramay, suriyalik isyonchilar mamlakatning markaziy qismida joylashgan Hamani qurshab olgan. 

Isyonchilar qo‘mondoni bugun, 5 dekabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqda isyonchilar Hama shahriga kirib kela boshlagani va uning markazi tomon bir necha yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgani haqida xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, bu Damashqni himoya qilish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega shahar sanaladi. Suriya Inson huquqlari observatoriyasi isyonchilar Hamani uch tomondan qurshab olgani va hozir shahardan 3-4 kilometr uzoqlikda ekanini aytgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, ilgarilab borayotgan isyonchilar dastlab ozgina qarshilikka duch kelgan bo‘lsa-da, Hama atrofidagi janglar “nihoyatda shiddatli” bo‘lgan.

“Sana”ning yozishicha, Prezident Bashar Asad rejimi hujumga tayyorlanish va munosib zarba berish maqsadida oddiy harbiy xizmatchilarning maoshini 50 foizga oshirishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi isyonchi kuchlar mamlakatning ikkinchi yirik shahri Halabdagi bir nechta hududlarni o‘z nazoratiga olgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad Hama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing