Suriyada bino qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 Yanvar 2023 6376 1 daqiqa
Suriyaning Aleppodagi provinsiyasida turar-joy binosining qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sham FM” radiostansiyasi xabar berdi.
“Shayx Maqsud kvartalidagi turar-joy binosining qulashi natijasida 16 kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi esa jarohat oldi. Bu yerda asosan kurdlar istiqomat qilgan. 5 qavatli bino poydevori namlikning ortishi natijasida qulab tushdi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 7 ta oiladan 30 ga yaqin odam vayronalar ostida qolgan, ularni qutqarish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va fuqaro mudofaa kuchlari ishlamoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr