Suriyada ayollarni hijob o‘rashga majburlash taqiqlandi
Olam
−
10 dekabr 2024
5577Suriyada qurolli muxolifat qo‘mondonligi ayollar uchun majburiy hijobni taqiqlab, ularning erkin kiyinish huquqini e’lon qildi. Bu haqda “Al-Watan” nashri xabar berdi.
“Suriya muxolifatining bosh qo‘mondonligi ayollarga ma’lum bir kiyim kiyishni majburlash yoki ularning kiyim tanlash huquqiga har qanday tarzda aralashuvni qat’iyan taqiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, yangi hokimiyat vakillari ayollarning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq e’tirozlarni bildirish mumkin emasligini belgilab qo‘ygan. Hozirda Suriyadagi muxolifat respublikani boshqaradigan o‘tish organini shakllantirish ustida ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asad rejimini ag‘dargan isyonchilar yetakchisi Muhammad al-Jaloniyning kimligi va uning mamlakatdagi faoliyati haqida ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar