Suriyada ayollar va bolalar saqlangan qamoqxona topildi
Olam
−
12 mart 2020
9036Suriyalik harbiylar yaqinda ozod qilingan Halab provinsiyasining Al-Qosimiya shahrida joylashgan jangarilar qamoqxonasini topdi. U shahardagi tashlandiq fabrika hududida qurilgan, deyiladi TASS xabarida.
Harbiylardan biri Hajarning aytishicha, qamoqxona bir nechta kameradan iborat bo‘lib, unda 500 dan ortiq ayol va bolalar saqlangan.
“Qamoqxona hududida ommaviy ravishda qatl etilgan mahbuslarning sochib tashlangan kiyim-kechaklari topildi”, deb hikoya qiladi Hajar. U, shuningdek, xavfli deb hisoblangan mahbuslar tashlangan kanalizatsiya quvurlari haqida ham gapirib berdi.
Harbiy xizmatchining so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar mahalliy aholini mayda qonunbuzarliklar - komendantlik soatlarini buzish, qarzni to‘lamaslik, ayollarning ro‘molsiz yurgani va hatto terrorchilarni hurmat qilishmagani uchun uchun ham o‘limga hukm qilgan.