Suriyada avtobusga hujum uyushtirildi. 30 kishi qurbon bo‘lgan

Olam

image

Suriyada kecha, 30 dekabr kuni yo‘lovchi avtobusiga uyushtirilgan hujum oqibatida 30 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, 15 nafari jabrlangan. Bu haqda SANA davlat axborot agentligiga tayanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, avtobusga soat 16:00 lar atrofida (Toshkent vaqti bilan soat 19:00 atrofida) hujum qilingan. Voqea Kabajeb aholi punkti yaqinidagi Dayr-az-Zur—Palmira trassasida sodir bo‘lgan.

Suriya inson huquqlari nazorati markazining ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning bir qismi og‘ir ahvolda. 

Xabarga ko‘ra, askarlarni Yangi yil bayramlariga olib ketayotgan uchta avtobus ISHID pistirmasiga tushgan.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda Suriya Prezidenti Bashar Asadning ukasi Mohir Asadning to‘rtinchi mexanizatsiyalashtirilgan sara diviziyasi askarlari bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq, Suriyaning Damashq shahri hududi o‘qqa tutilgan. Voqeadan bir necha kishi jabrlangan. Agentlikka ko‘ra, o‘qqa tutish Isroil tomonidan amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya avtobus

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing