Suriya uch davlatdan tovarlar import qilishni taqiqladi

Olam

image

Suriya o‘tish davri hukumatining moliya vazirligi Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importini taqiqladi. Bu haqda “Al Arabiya”  xabar berdi.

Bildirilishicha, bu qaror Suriyaga boshqa mamlakatlar, jumladan, AQSHdan keladigan import oqimiga yo‘l ochgan. Shu bilan birga, qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun xomashyo importini yengillashtirish, iqtisodiy faollikni oshirish va rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi ekanligi aytiladi. 

“Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Suriyadagi yangi hukumat dollarda muomala qilishga ruxsat beganini e’lon qildi va yagona bojxona to‘lovlarining yangi to‘plamini 50 foizdan 60 foizgacha pasaytirish bilan tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Damashqdagi do‘konlar turk shisha suvi va Saudiya oziq-ovqatidan tortib shokoladigacha import qilingan mahsulotlar bilan to‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jo Bayden 2019 yilda Donald Tramp tomonidan qabul qilingan Suriyaga oid sanksiya farmonini qayta ko‘rib chiqib, undagi Turkiyaga doir barcha eslatmalarni bekor qiluvchi hujjatni imzolagandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya import

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing