Suriya Turkiyaga qarshilik ko‘rsatishga qaror qildi
Olam
−
14 Oktabr 2019
6614Suriya Hukumati qo‘shinlarini mamlakat shimoliga Turkiyaga qarshilik ko‘rsatish uchun yuborishga qaror qildi. Bu haqda Suriya davlat agentligi SANA xabar berdi.
Unda qayd etilishicha, mamlakat armiyasi shimolda Turkiya qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatish va tinch aholini himoya qilish uchun harakatga kelgan.
“Al Mayadeen” telekanali ma’lumotiga ko‘ra, harbiylar Halabdan shimolroqdagi Manbijga joylashtiriladi. Rasmiy Damashq kurdlarning “O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari” bilan kelishgan. Kelishuvga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari Kobaniga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya joriy yilning 9 oktyabr kuni Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini boshladi. Harbiy amaliyot kurd harbiy tuzilmalariga qaratilgan. Biroq mazkur amaliyot Suriyada yangi qochqinlar oqimini yuzaga keltirdi.
LiveBarchasi