Suriya Rossiya bilan rublda savdo qilishga tayyorligini e’lon qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasini tan olishi mumkin, shuningdek, u Rossiya bilan rublda savdo qilishga tayyor. Bu haqda Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Xaddod ma’lum qildi. 

“Suriya ikki respublika bilan xalqlar manfaati yo‘lida hamkorlik qilmoqda va agar umumiy manfaatlar uchun bo‘lsa, bu hamkorlikni kengaytirishga tayyor, rasmiy tan olish masalasi esa ikki tomon o‘rtasida yanada o‘rganish va muvofiqlashtirishni talab qiladigan masala bo‘lib qolmoqda”, degan Xaddod. 

Shuningdek, u xalqaro hisob-kitoblarda Rossiya rublidan foydalanish masalasi haqida gapirgan. 

“Suriya birinchi bo‘lib dunyoni dollar gegemonligidan voz kechishga chaqirdi, chunki u AQSHning jahon iqtisodiy tizimidagi gegemonligida asosiy vosita hisoblanadi, 2011 yildan beri Suriya o‘z valyuta portfeliga Rossiya rubli va Xitoy yuanini qo‘shib oldi. Suriya Rossiya bilan shunday hamkorlik qiladiki, u har ikki tomon manfaatlariga, jumladan, moliyaviy sohada ham xizmat qiladi. Va bu masala, albatta, har ikki tomon mutaxassislari o‘rtasida texnik jihatdan muhokama qilinishi kerak”, degan Xaddod. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga tabiiy gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublda qabul qilishga ko‘rsatma bergandi. Unga ko‘ra, Rossiya tomonining endilikda Yevropa Ittifoqi va AQSHga mahalliy tovarlarni dollar va yevroda yetkazib berishidan ma’no yo‘q. 

U ertaga, 31 martgacha Vazirlar Mahkamasi, Rossiya banki va “Gazprom” kompaniyasining do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lov valyutasini rublga o‘zgartirish haqidagi hisobotini kutishini e’lon qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya rubl' Suriya

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing