Suriya rahbarining Yevropaga tashrifi. Fransiya uni nega xushlamadi?

Olam

image

Bugun, 7 may kuni Suriyaning yangi muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shara o‘zining birinchi Yevropa tashrifini Fransiyadan boshladi va mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “France24” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ahmad ash-Sharaa Fransiya poytaxti Parij shahriga borgan. Makron uni ochiq chehra bilan kutib olgan va ikki o‘rtada muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. Ammo ash-Sharaning tashrifi fransuzlarning ko‘pchiligi, xususan, muxolifat vakillariga yoqmagan.

“Milliy birlik” partiyasi parlament guruhi rahbari Marin Le Pen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida bu “provokatsion va mas’uliyatsiz” tashrif bo‘lgani, “jihodchi”lar bilan uchrashuv juda xatarli ekanini yozgan.

“Shok va dahshat“, deya yozib qoldirgan Le Pen.

Tashrifning boshqa ma’lumotlari hali taqdim etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Fransiya yetakchisi Ahmad ash-Shara bilan telefon orqali muloqot qilganida Suriya rahbarini Fransiyaga taklif qilgan edi. Suhbatda Makron ash-Sharani prezidentlik lavozimiga kirishgani bilan tabriklab, Suriyani o‘tish davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Suriya Ahmad ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing