Suriya Mudofaa vazirligi qayta tiklanadi
Olam
−
17 dekabr
6634Suriyaning yangi hukumati respublika Mudofaa vazirligini qayta tiklash niyatida. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qolaversa, yangi hokimiyat sobiq armiyaning dezertir qilingan ofitserlarini qayta tashkil etishi mumkinligi ham ta’kidlangan.
“Mudofaa vazirligi qayta tashkil etiladi, uning tuzilmasi ag‘darilgan rejimdan voz kechgan muxolifatchilar va zobitlarni o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Suriya Mudofaa vazirligi mamlakatda mavjud barcha qurolli guruhlarni tarqatib yuborishi ham qayd etilgan.
“Asad rejimi harbiylari o‘z xohishi bilan armiya tizimidan chiqib ketishi yoki qolishi mumkin”, degan yangi hokimiyat rasmiylari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad murojaat bilan chiqib, muxolifat guruhlarning Damashqqa hujumi tufayli Suriya prezidenti lavozimini tark etgani, fuqarolar urushi va undan keyingi voqealar davomida iste’foga chiqish yoki boshpana so‘rash imkoniyatini biror marta ham ko‘rib chiqmaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi