Suriya qo‘shinlarini Idlibdan butunlay chiqarib yuboriladi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya armiyasi Suriya hukumat qo‘shinlarini Idlib viloyatidan fevral oyi oxiriga qadar quvib chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida bugun, 26 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Adolat va taraqqiyot” partiyasi qonunchilariga qilgan murojaatida Erdo‘g‘an Suriyaning shimoli-g‘arbida havo kengligidan foydalanish muammosi yaqin kelajakda hal qilinishiga umid bildirdi. Idlib havo kengligini Rossiya nazorat qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan muxolif kuchlarini bombardimon qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hozirda Idlibda urush harakatlari ketmoqda. Bu mojaroda Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya muxolifati va Rossiya qo‘llayotgan Suriya hukumati ishtirok etmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, muxolifat kuchlari strategik muhim bo‘lgan Neyrab qishlog‘ini egalladi

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

86

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing