Suriya muxolifati Idlibda strategik muhim qishloqni egalladi
Olam
−
25 fevral 2020
4759Bashar Asad rejimi kuchlari bilan shiddatli jangdan so‘ng, Suriya muxolifat qo‘shinlari Idlib viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Neyrab qishlog‘ini nazorat ostiga oldi. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni "Anadolu" agentligi ma’lum qildi.
Qishloq Suriyaning eng yirik shaharlarini bog‘laydigan M4 va M5 magistral yo‘llarida joylashgan Serakib okrugi bilan chegaradosh hisoblanadi.
Neyrabni egallash bo‘yicha operatsiya 24 fevral kuni tushdan keyin boshlangan. Kechki soatlargacha davom etgan to‘qnashuvlarda, rasmiy Damashq rejimining bo‘linmalari ko‘plab yo‘qotishlarga duch kelgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Turkiya qo‘llayotgan Suriya muxolifati va Suriya hukumati o‘rtasida urush harakati ketmoqda.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi