Suriya Isroil raketalarini urib tushirdi

Olam

image

Suriyaning havo hujumlariga qarshi mudofaasi Xama viloyatining g‘arbiy qismida Isroil harbiylari tomonidan otilgan raketalarning aksariyatini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda SANA agentligi Suriya Mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berdi.

“Bizning havo hujumidan mudofaa tizimimiz dushman raketalarini o‘qqa tutib, ularning aksariyatini urib tushirdi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, zarba Livan havo hududidan berilgan. Mudofaa vazirligi aniqlik kiritishicha, hujum ob’ekti Masyaf shahri yaqinidagi tadqiqot markazi bo‘lishi mumkin. Hozircha, qurbonlari haqida ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, 25 noyabr kuni Isroil armiyasi Golan tepaliklaridan Damashqning janubiga havo hujumi uyushtirgandi. Bu galgi kabi, zarbalarning aksariyati havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

238

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing