Suriya BRICS’ga kirish uchun ariza topshirdi

Olam

image

Suriya BRICS’ga qo‘shilishni istaydi va allaqachon a’zolik uchun ariza topshirgan. Bu haqda Suriyaning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Bashar Ja’fariy ma’lum qildi.

"Biz BRICS’ga qo‘shilishdan juda manfaatdormiz, biz tashkilotga a’zo bo‘lish uchun yozma so‘rovlar yubordik", degan elchi “Shimoliy Kavkaz: yangi geostrategik imkoniyatlar” forumi doirasida.

Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Bashar Ja’fariyning BRICS’ga qo‘shilish uchun ariza topshirish haqidagi so‘zlari rasmiy tarjima jarayonida noto‘g‘ri aytilgan.

"Suriya BRICS’ga qo‘shilish bo‘yicha hali ham jiddiy muzokaralar olib bormoqda", deya Ja’fariy o‘z pozitsiyasiga aniqlik kiritgan.

BRICS’ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda Janubiy Afrika a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi.

Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya Federatsiyasi raislik qilmoqda. Tashkilotdagi asosiy voqea 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRICS sammiti bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Afg‘onistondagi "Tolibon" muvaqqat hukumatida bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar va boshqa rasmiylar oktyabr oyida Rossiyaning Qozon shahrida bo‘ladigan BRICS sammitida ishtirok etishni so‘rab, Moskvaga xat yo‘llagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made