Superligada peshqadam ochko yo‘qotdi
Sport
−
09:21 665 1 daqiqa
Kecha, 18 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuv Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Unda “Buxoro” o‘z maydonida turnir jadvali peshqadami “Neftchi” yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida Sherzod Esanov penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunida “Neftchi” hisobni tenglashtirdi. Yovovichning uzatmasidan so‘ng Nurmahammad Abdug‘aniyev boshi bilan zarba berib, 1:1 hisobini yuzaga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida Sherzod Esanov yana bir bor gol urib, dublini rasmiylashtirdi. 73-daqiqada Shahboz Jo‘rayev va Javohir Ro‘ziyevning kombinatsiyasini Temur Mamasidiqov muvaffaqiyatli yakunlab, “Buxoro”ning ustunligini 3:1 ga yetkazdi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida Vladimir Rodich “Buxoro”ning navbatdagi golini urib, yakuniy hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, “Buxoro” turnir jadvali peshqadami “Neftchi”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng buxoroliklar 33 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Neftchi” esa 42 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Endilikda 19-turda “Neftchi” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi. “Buxoro” esa safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib boradi.
Live
Barchasi