Superligada eng ko‘p qizil kartochka ko‘rsatgan hakam ma’lum bo‘ldi
Sport
−
24 mart 2023
3492O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mamlakat chempionatida faoliyat yurituvchi hakamlar va musobaqa o‘yinlarida ishlatiladigan tizim – Video assistant referee (VAR)ga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan 3 turida 21 o‘yin o‘tkazilib, bahslardan 19 tasida VAR tizimidan foydalanilgan.
Bundan tashqari, 21 uchrashuvni 10 nafar hakam boshqargan. Eng ko‘p sariq kartochka Ilgiz Tantashev (21 ta), eng ko‘p qizil esa Rahimbek Karimov tomonidan (3 ta) ko‘rsatilgan. Eng ko‘p penalti Abdurashid Xudoyberganov tomonidan belgilangan — 3 ta. Hozirga qadar, faqat Shavkat Nasibullayev cho‘ntagidan biron marotaba kartochka chiqargani yo‘q.
O‘zbekiston chempionatining 4-tur o‘yinlari 31 mart kuni start oladi.
LiveBarchasi