Superliga jamoalari 16 taga yetkaziladi

Sport

image

2025 yilgi mavsumdan boshlab futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 16 ta jamoa ishtirok etadi. Bu orqali mavsum davomidagi tur o‘yinlari soni 30 taga yetadi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.

“Liga so‘nggi to‘rt mavsum davomida Superliga ishtirokchilari soni sport prinsiplariga zid ravishda o‘zgarmasligi uchun kurashib keldi. OFK litsenziyasini qo‘lga kiritayotgan klublar sonining ortib borayotgani, rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini beruvchi maydonlar va ulardagi projektorlar minimal talablarga moslanganidan kelib chiqib, 2025 yildan boshlab jamoalar sonini oshirish rejalashtirildi”, deyiladi O‘zPFL xabarida.

Qayd etilishicha, Superliganing 2024 yilgi mavsumida 14 ta jamoa g‘oliblik uchun raqobatlashadi. Yakunda so‘nggi o‘rinni egallagan 1 ta jamoa musobaqa bilan xayrlashadi. Uning o‘rniga Pro liganing dastlabki ikki jamoasi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Yana 1 ta yo‘llanma esa Superliganing 12-13 hamda Proliganing 3-4 jamoalari o‘rtasida o‘ynaladi. Bunda Proliganing 4-jamoasi uy o‘tish o‘yinida Superliganing 12-jamoasini, Pro liganing 3-jamoasi esa uy o‘tish o‘yinida Superliganing 13-jamoasini qabul qiladi. Har ikki bellashuv mag‘lublari neytral maydonda Superliganing 16-ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritadi. 

Bundan tashqari Superligada 12-o‘rin bilan kifoyalangan jamoa ham 2025 yilgi mavsumni Pro ligada o‘tkazishi, Pro liganing to‘rtinchi jamoasi esa aksincha, Superliga yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga O'zbekiston Professional futbol ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing