Superliga: “Mash’al” “Metallurg”ni, “So‘g‘diyona” “Qizilqum”ni mag‘lub etdi
Sport
−
25 avgust 2021
2821O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Metallurg” o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Samuel Chigozi va Shahzod Shaymanovning gollariga “Metallurg”dan Shahzodbek Nurmatov javob qaytardi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Mash’al” 16 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bekobodliklar hisobida ham 16 ochko mavjud.
Yana bir uchrashuvda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qilib, g‘alabaga erishdi. Daniel Nasriddinov va Luka Chermel jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Elguja Grigalashvili oradagi farqni qisqartirdi.
Shu tariqa, “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 30 taga yetkazib olgan holda, jadvalning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. “Qizilqum” mag‘lub bo‘lganiga qaramay, 4-o‘rinda qoldi. Jamoa hisobida 25 ochko mavjud.
Ma’lumot uchun, ertaga, 26 avgust kuni “Andijon” – “Bunyodkor” va “Paxtakor” – OKMK jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
LiveBarchasi