Superliga loyihasi yana “jonlanmoqda”. APL o‘z pozitsiyasini bildirdi
Sport
−
22 dekabr 2023
3025Angliya chempionati klublari Superligasida ishtirok etmaydi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.
“Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, APL klublari ingliz futbolini tark etishni istamasalar, Superligaga qo‘shilishi kerak emas”, deyiladi manba xabarida.
Yevropa sudi qarori ingliz jamoalariga taalluqli emas, biroq yangi turnirda ishtirok etishni istagan klublar Angliya chempionatidan chetlatiladi.
Yevropa sudi FIFA va UEFA'ning 2021 yilda Superliga tashkil etilishini taqiqlash bo‘yicha harakatlarini noqonuniy deb topdi.
Tashkilotlar Yevropada klub musobaqalarida monopoliyaga ega emas. Superliga endi Yevropa qonunchiligiga muvofiq rasman ish boshlashi mumkin.
LiveBarchasi