Superliga: “Qo‘qon-1912” 5 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi
Sport
−
25 avgust 2021
2671Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘qon shahrida o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi g‘alaba qozondi.
O‘yinning 15-daqiqasida Ivan Yosovich hisobni ochdi. Birinchi taym yakunida Sardor Azimov darvozabonning xatosidan so‘ng, oradagi farqni ikkita golga oshirdi.
Shu tariqa, qo‘qonliklarning 5 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi yakunlandi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ochkolar sonini 17 taga yetkazgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Surxon” esa 17 ochko evaziga 11-pog‘onadan o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, 15 o‘yindan so‘ng, 41 ochko to‘plagan “Paxtakor” turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. OKMK jamoasi 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, “So‘g‘diyona” esa 27 ochko evaziga uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
LiveBarchasi