Superliga qachon start olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumi 3 mart kuni start oladi. Bu haqda O‘zPFL saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, U 20 Osiyo kubogining parallel start olishi chempionat uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Liga muammolarga aniq yechimlar topish ustida ish olib boryapti.

“Nasaf” Chempionlar ligasida ishtirok etishidan kelib chiqib, O‘zbekiston Superkubogi o‘yini Superliga starti oldidan emas, balki 14 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyi uchun rejasidan kelib chiqib, Superkubok sanasi yana o‘zgarishi mumkin.

7 fevral kuni esa Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi.

U 20 Osiyo kubogidan kelib chiqib, Liga qur’a oldidan futbol jamoatchiligi e’tiborini quyidagi masalaga qaratadi. Mart oyidagi FIFA kunlariga qadar “Neftchi”, “Bunyodkor”, AGMK yoki “Olimpik” futbol klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolsa, katta ehtimol bilan ular ishtirokidagi o‘yinlar boshqa sanada o‘tkaziladi. Mazkur jamoalar dastlabki turlar davomida uy uchrashuvlarini boshqa klublarga qarshi o‘tkazishiga to‘g‘ri kelsa, mazkur bellashuvlar avtomatik ravishda raqib maydoniga ko‘chiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Nasaf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing