Superliga: “Bunyodkor” va “Surxon”da g‘alaba, “Paxtakor” chempionlikka yaqinlashdi 

Sport

image

Kecha, 13 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkentning “Bunyodkor” klubi Olmaliqda Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi taymni faol boshlagan “qaldirg‘ochlar” Farrux Ikromovning 51-daqiqada kiritgan goli bilan hisobda oldinga chiqib oldi.
72-daqiqada Mirjahon Mirahmadov o‘rtadagi farqni ikktaga oshirdi. Shu tariqa bekobodliklar qatorasiga to‘rtinchi uchrashuvda mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Bunyodkor” musobaqa jadvalida 22 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Metallurg” 16 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.

“Surxon” va “Andijon” o‘rtasidagi o‘yinda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 45-daqiqada Husniddin G‘ofurov hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqa Murod Bobojonov vodiyliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni ham kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng, “Surxon” 14 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, 9 ochko jamg‘argan “Andijon” so‘nggi 14-o‘rinni band etgan.

Turnir peshqadami “Paxtakor” Toshkentda Muborakning “Mash’al” klubi ustidan 1:0 hisobida zafar quchib, o‘z mavqeyini yanada mustahkamladi. O‘yin taqdirini hal etgan gol 32-daqiqada Dragan Cheran tomonidan kiritildi.
“Paxtakor” mazkur g‘alabadan keyin 41 ochko to‘plagan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Mash’al” 13 ochko bilan 12-o‘rindan joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 14 avgust kuni “Turon” – “So‘g‘diyona” hamda “Qizilqum” - “Qo‘qon-1912” o‘yinlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Andijon Surxon Superliga Metallurg Bunyodkor O'zPFL Mash'al

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing