Superliga: “Bunyodkor”da yirik g‘alaba, “Paxtakor” OKMKni yengib, ta’qibchilardan yanada ilgariladi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Andijon” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4:1 hisobida “qaldirg‘ochlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Bunyodkor” safida Ibrohim Tomiva dublni nishonlagan bo‘lsa, Mirjahon Mirahmadov hamda Farrux Ikromov bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mezbonlarning yagona goli 33-daqiqada Diyorbek Rahimqulov tomonidan kiritildi.

Safardagi g‘alaba natijasida “Bunyodkor” o‘z ochkolari sonini 25 taga yetkazib olgan holda, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi pog‘onadagi “Andijon” hisobida 9 ochko mavjud.

Turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan “Paxtakor” o‘z maydonida OKMK jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gol 5-daqiqada Aziz Turg‘unboyev tomonidan kiritildi.

Ushbu g‘alaba natijasida ochkolari sonini 44 taga yetkazib olgan “sherlar” va 2-pog‘onadagi “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi farq 14 ochkoga yetdi. 3-o‘rinni band etgan Olmaliq klubi 28 ochkoga ega. 

Ma’lumot uchun, ertaga, 27 avgust kuni “Lokomotiv” – “Turon” hamda “Nasaf” – “Navbahor” o‘yinlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Andijon O'zbekiston superligasi Bunyodkor OKMK

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing