Rasman: “Superkontrakt” miqdorlari tasdiqlandi 

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba superkontrakt

Baholaganlar

440

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing