Superkompyuter qaysi jamoa YeCHLda g‘olib bo‘lishini taxmin qildi
Sport
−
07 noyabr
9266Angliyaning “Manchester Siti” klubining 2024/25 yilgi Yevropa Chempionlar ligasida chempion bo‘lish imkoniyati yuqori baholanmoqda. Bu haqda “Opta” statistik portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar”ning turnirdagi chempionlik imkoniyati 19 foizga baholanmoqda. Bu borada 2-o‘rinda yana bir ingliz jamoasi “Livepul” qayd etildi. “Mersisaydliklar”ning turnirda yutish imkoniyati 17 foizni tashkil qilmoqda.
Bu borada kuchli uchlikni Italiyaning “Inter” klubi yakunlab berdi. “Milan” klubining g‘alaba qozonish foizi 12 ga baholangan. Kuchli beshlikka Kataloniyaning “Barselona” va Portugaliyaning “Sporting” klublari kiritildi.
Turnirning amaldagi va eng ko‘p chempioni Madridning “Real” jamoasi bu safar 6-pog‘onada qayd etildi. “Qaymoqranglilar”ning g‘olib bo‘lish ko‘rsatkichi 6 foizni tashkil qilmoqda. O‘tgan yilgi finalchi Germaniyaning “Borussiya” jamoasi 12-o‘rinni egallab turibdi. Ularning chempionlik imkoniyatlari atigi 2 foizga baholanmoqda.