Superkompyuter JCH finalida kimlar o‘ynashini taxmin qildi
Sport
−
09 iyul 6753 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati finalida yana Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishi eng ehtimoliy ssenariy sifatida baholanmoqda. Bu haqda “Football Meets Data” superkompyuteri hisob-kitoblari prognoz qildi.
Agar bu taxmin amalga oshsa, Qatar-2022 finalidagi dramatik bahsdan so‘ng Kilian Mbappe boshchiligidagi fransuzlar revansh olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, finalning eng ehtimoliy to‘rt juftligi quyidagicha:
- Argentina – Fransiya – 13,7%
- Fransiya – Angliya – 13,4%
- Ispaniya – Angliya – 12,4%
- Argentina – Ispaniya – 12,4%
Shuningdek, turnirda chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli bo‘yicha ham Fransiya terma jamoasi asosiy favorit sifatida ko‘rsatilgan.
Dide Desham shogirdlarining bosh sovrinni yutish ehtimoli 23,5% deb baholangan.
Undan keyingi o‘rinlarni Ispaniya (20,9%), Argentina (16,8%) va Angliya (16,7%) egallab turibdi. Qolgan terma jamoalarning chempionlik imkoniyati esa 10 foizdan past deb baholangan.
Ma’lumot uchun, “Football Meets Data” futbol statistikasi va ehtimollarini modellashtirish bilan shug‘ullanuvchi analitik platforma bo‘lib, prognozlar terma jamoalar reytingi, jamoalarning so‘nggi natijalari, turnir setkasi va minglab simulyatsiyalar asosida shakllantiriladi. Ushbu hisob-kitoblar statistik ehtimolni aks ettiradi va musobaqa natijasini kafolatlamaydi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul