Super-kontrakt miqdori e’lon qilindi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2019
81577O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi super-kontraktlar haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlarni ma’lum qildi.
Test sinovlaridan o‘tolmay, kontraktning kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 balldan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.
Joriy yilda abituriyentlar uchun super-kontrakt to‘lashda quyidagi yengilliklar beriladi:
• super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (ya’ni narxlar arzonlashadi);
• to‘lovchilarning o‘z hohishiga ko‘ra stipendiyali to‘lovlar, ya’ni, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga (bir o‘quv yili uchun 4,8 mln so‘m) qo‘shimcha to‘lash mumkin. Ya’ni agar istasa 4,8 mln so‘m qo‘shib to‘lasa, talaba har oy stipendiya olishi ham mumkin bo‘ladi;
• super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi;
• bunda super-kontrakt miqdorini oylarga bo‘lib to‘langanda ham, o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi lozim;
• yuqoridagi qoidalar kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun ham amal qiladi.
Ma’lumot uchun, kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:
• 1 balgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
• 1 baldan 2 balgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
• 2.1 baldan 3 balgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
• 3.1 baldan 4 balgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.
Super-kontrakt narxlari
To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar o‘tgan yilgidan deyarli o‘zgarmagan.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m.
Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m.
Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi. Joriy yildan boshlab OTMlar super-kontrakt narxini o‘zi mustaqil belgilaydi, faqat asosiy sharti minimal miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Ya’ni yurisprudensiyada super-kontrakt 229 mln so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas, lekin talabga qarab bundan qimmat bo‘lishi ham mumkin. Super-kontrakt narxining aniq qancha bo‘lishini OTMdan borib bilish mumkin.
LiveBarchasi