So‘nggi yarim yillikdagi naqd pul aylanmasi hajmi ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 231,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 231,9 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 47 foizga ko‘p. Banklar kassalariga naqd pul tushumlari 115,4 trillion so‘mni, chiqimlar esa 116,5 trillion so‘mni tashkil qiladi. 

Xabarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida bank kartalariga 126,9 trillion so‘mlik mablag‘ kelib tushgan. Ushbu davrda bank kartalaridagi 42,1 trillion so‘mlik (33,2 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylariga ko‘ra, bank kassalari, shuningdek, bankomatlardan yechib olingan naqd pullar 2020 yilning mos davriga nisbatan 35,6 trillion so‘mga oshgan. Ushbu o‘sish kuzatilishi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 15,8 trillion so‘mga oshgani hamda chet el valyutasini sotib olish hajmi 11,3 trillion so‘mga oshishi hisobiga yuzaga kelgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bank kassalariga naqd pul tushumlari hajmi va naqd pulga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo‘shimcha naqd pullar chiqarib borilgan, shuningdek, ayrim davrlarda muomaladagi ortiqcha naqd pullarning qaytishi kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bank pul aylanmasi

Baholaganlar

31

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing