Uch oyda qarindoshlar o‘rtasida nechta oila qurilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2021
6884Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilindi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, FHDYO tomonidan nikohlangan bir-biriga qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovdan 285 nafari xolavachcha, 172 nafari tog‘avachcha, 114 nafari amakivachcha va 104 nafari ammavachcha hisoblanadi.
Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.
LiveBarchasi