“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni gazli sharlar portlab, o‘quvchi qizning sochi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni necha o‘quvchi “prava”siz mashina haydagani aytildi north_east

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni necha o‘quvchi “prava”siz mashina haydagani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi maktablardan birida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayramida gazli sharlar portlab, o‘quvchi qizning sochi yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tarmoqlarda sizdirilgan holat joriy yilning 24 may kuni viloyatning Chortoq tumanidagi 48-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Holat ortidan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani, o‘ziga yuklatilgan lavozim vazifalarini lozim darajada bajarmagani va bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun maktab direktori ishdan olingan.

Shuningdek, muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbariga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablardagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida huquq-tartibot xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan So'nggi qo'ng'iroq Chortoq tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing