So‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda salkam 1200 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi

Jamiyat

image

2017 yilda reja asosida oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari, savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish joylarida o‘tkazilgan sanitariya nazorati davomida 587 ta tadbirkorlik sub’ektining barchasida sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari qo‘pol ravishda buzilgani аниқ­ланgaн.

Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining “Xalq so‘zi“ga taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, 2017-2018 yillarda 1190 nafar fuqaro, shundan 222 nafar bola ovqatdan zaharlangan. Achinarlisi, ularning 9 nafari vafot etgan. Uyushgan jamoalarda guruhli ovqatdan zaharlanish 2017 yilda 8 ta, 2018 yilda esa 7 ta holatda qayd etilgan. Shulardan 4 tasi maktabgacha ta’lim muassasalarida ro‘y berib, 73 nafar bola “o‘tkir diareya, dizenteriya” infeksion kasalligi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

So‘nggi ikki yilda jami 102 ming 44 ta umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat savdo ob’ektidagi 54 ming 62 nafar ishchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi aniqlangan. Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari vaqti-vaqti bilan zararsizlantirish (suvarak, pashsha va bosh­қа shu kabi hasharotlarga qarshi kurashish) tadbirlarini o‘tkazish, buning uchun xo‘jalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyalari bilan shartnoma tuzishi talab etilsa-da, ular tomonidan bu masalaga umuman ahamiyat berilmagan. Shu bilan birga, dehqon bozorlarining hammasini ham sanitariya-epidemiologik holati talab darajasida, deb bo‘lmaydi.

Afsuski, 2018 yilning sentyabrida Qarshi shahridagi “Baxtli oila” to‘yxonasida o‘tkazilgan to‘yda 70 nafar fuqaro ов­қатdaн zaharlangan bo‘lishiga qaramay, sanitariya-epidemiologiya markaziga ushbu ob’ektdagi zaharlanish holatini tekshirish va profilaktika choralarini amalga oshirish maqsadida qisqa muddatli sanitariya nazoratini o‘tkazishga ruxsat berilmagan.

Shu bois ху­сусий tadbirkorlik субъект­лариga tegishli oziq-ovqat va umumiy ов­қатланиш joylarida ham davlat sanitariya nazoratini istalgan vaқт­da, hech qanday moneliksiz, moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda o‘tkazish huquqini berish masalasini ko‘rib chiqiladi. Insonning hayoti va соғ­лиғи barcha narsadan, jumladan, tadbirkorning moliyaviy manfaatlaridan ham ustunligi bosh mezon qilib olinadi.

“2018 yil ­davomida respublika bo‘yicha 509 ming 489 ta oziq-ovqat namunasi laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, 22 ming 661 tasi sanitariya qoida va me’yorlariga javob bermaslik holatlari aniqlangan”, deydi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi direktori Bahrom Almatov.

Almatovga ko‘ra, hududlarda monitoring olib borilganda yangi qurilgan yoki qayta tashkil etilgan to‘yxona, oshxona va kafe-restoranlarning loyiha bo‘yicha bunyod etilmagani va bunda mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash hamda realizatsiya qilish uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani, oziq-­ovqat mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va oshxona xodimlarining faoliyatga doir mutaxassislikka ega emasligi, bilim hamda ma’lumotining yo‘qligi ana shunday muammolarni keltirib chiqaryapti. Bundan tashqari, to‘yxonalarda sanitariya qoidalariga zid ravishda tayyorlangan sifatsiz ovqat, salat va kremli qandolat mahsulotlari dasturxonga qo‘yilayotgani, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalaridagi uskunalar, ya’ni pech, elektr qozon, idish-tovoq yuvish mashinalari, sanitariya uskunalari, ventilyatsiya tizimi, sovitkich va muzlatkichlar bilan yetarlicha ta’minlanmagani salbiy oqibatlarga sabab бўл­моқda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, senatorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash masalalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga parlament so‘rovi yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ovqatdan zaharlanish

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing