So‘nggi ikki kun ichida bizga hujum qilishdi – Sinan O‘g‘an

Olam

image

Turkiyaning "Ajdodlar” siyosiy alyansi nomzodi Sinan O‘g‘an saylovda prezidentlik uchun nomzodlardan biri Muharrem Inje turli tazyiqlar bilan saylovlardan chetlashtirilgani va so‘nggi ikki kun ichida ularga hujumlar qilinganini ma’lum qildi.  Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozgan. 

“Saylovning ikkinchi bosqichga o‘tish ehtimoli yuqoriligini ko‘ramiz. Turk millatchilari va Otaturkchilar bu saylovning kalitidir. Muharrem Inje turli tazyiqlar bilan saylovlardan chetlashtirilgach, so‘nggi ikki kun ichida bizga hujum qilgan, nohaq ayblab, hiyla qilishga uringanlar bu siyosiy manzaradan ko‘p saboq olishi kerak! Har bir natija xalqimiz uchun yaxshi bo‘ladi!”  degan u Twitter'ida. 

Hozircha ovozlar soni bo‘yicha eng oldinda ketayotgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa saylovlar ijobiy va demokratik muhitda o‘tgani va natijalarni e’lon qilishda shoshilmaslikni so‘rab chiqdi. 

“Ovozlarni sanash davom etayotgan bir paytda, natijalarni shoshqaloqlik bilan e’lon qilishga urinish xalq irodasini tortib olish demakdir”,  dedi u. 

Ma’lumot uchun, saylov natijalariga ko‘ra, Sinan O‘g‘an tarafdorlari ko‘p emas. Ochilgan qutilarning 85,89 foiz ovozlarida u faqatgina 5,31 foizgina ovoz to‘play olgan.


Maqola muallifi

Teglar

hujum Sinan O'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing