So‘nggi 10 yil ichida Xitoy aholisi qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Xitoy aholisi 1 milliard 411 million 780 ming kishiga yetdi. Natijada, aholi soni 2010 yil bilan taqqoslaganda, 72 millionga yoki 5,38 foizga ko‘paygan, deb xabar bergan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, belgilangan davrda Xitoyda aholi o‘sishi yiliga o‘rtacha 0,53 foizni tashkil qilgan. 

2000 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda esa o‘rtacha yillik o‘sish yuqori bo‘lib, 0,57 ni tashkil qilgan. 

Aholini ro‘yxatga olish shuni ko‘rsatganki, Xitoyda 723 million 339 ming 956 erkak va 688 million 438 ming 768 ayol yashaydi (mos ravishda 51,24 foiz va 48,76 foiz). 

Xitoyning 16 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatli aholisi 880 million kishini tashkil qiladi. 

Xitoy aholisining o‘rtacha yoshi hozirda 38,8 yoshda. 

Aholi soni bo‘yicha Xitoy dunyodagi barcha mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda qolmoqda. 

Hindiston 1,389 milliarddan ortiq aholisi bilan ikkinchi, AQSH 331 milliondan ko‘p aholisi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy aholisi

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar