Sunak boy mamlakatlarni g‘alla zaxiralarini bo‘shatishga chaqirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak boy qishloq xo‘jaligi mamlakatlarini dunyoda oshib borayotgan ochlik muammosiga qarshi kurashish uchun g‘alla zaxiralarini bo‘shatishga chaqirdi. 

“Men Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi [Antoniu Guterrish]ning Qora dengizda don tashishni ta’minlash bo‘yicha [sa’y-harakatlarini] qo‘llab-quvvatlayman va ko‘proq oziq-ovqat ishlab chiqaradigan yoki zaxiralarni bo‘shata oladigan barcha mamlakatlarni yetkazib berish hajmini oshirishga yordam berishga chaqiraman”, deb yozdi Britaniya hukumati rahbari 13 noyabor kuni kechqurun “The Daily Telegraph” gazetasi saytida 15 noyabr kuni Indoneziyada boshlanadigan G20 sammiti arafasida chop etilgan maqolasida.

Ukrainadagi vaziyatni sharhlar ekan, Sunak Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari “iqtisodiy kelajagining garovga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi”, jumladan, “Rossiya kabi davlatlar”dan uglevodorodlarga qaramlikdan voz kechishini ta’kidladi.  

Shu bilan birga, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20 sammitiga bormasligi, hamkasblari bilan uchrashmasligi va Ukrainadagi harakatini tushuntirishga ham urinmasligidan afsusda. Sunakning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi voqealar natijasida “Katta yigirmatalik a’zolarining uchdan ikki qismida yil davomida inflyatsiya darajasi 7 foizdan yuqorilagan. 

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda ishtirok etish uchun Rossiya delegatsiyasi rahbari, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov allaqachon tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rishi Sunak

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing