Sun’iy intellektning jamiyat uchun qanday xavfi bor?

Texnologiya

image

Sun’iy intellektning jamiyat uchun asosiy xavf-xatarlaridan biri shundaki, neyron tarmoqlar tobora ko‘proq sifatli kontentni, jumladan, yangiliklar hisobotlari, ilmiy maqolalarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lib, soxta ma’lumotlarning tarqalish xavfini oshiradi. Bu haqda “Lenta.ru” kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Vladimir Ulyanovga tayanib, ma’lum qildi.

“Sun’iy intellekt nazoratdan chiqib ketadi va buzg‘unchi harakatlar qila boshlaydi, degan qo‘rquv asossizdir, chunki unda bunday turdagi vakolat va imkoniyatlarga cheklov o‘rnatiladi. Men xavf sifatida ko‘rayotgan yagona narsa va nima uchun undan foydalanishni cheklash kerak deb o‘ylashimning sababi – endi neyron tarmoqlardan turli matnlar, ilmiy maqolalar, yangiliklar yaratish uchun foydalanish mumkin”, deydi Ulyanov.

Uning tushuntirishicha, sun’iy intellekt qancha ko‘p kontent yaratsa, uni inson tomonidan hosil qilingani yoki qilinmaganini bilish shunchalik qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday matnlar qidiruv tizimlari tomonidan yaxshi indekslanadi va faol ravishda tarqatiladi.

“Axborot qancha ko‘p tarqalsa, uni kim yaratganini, qanchalik real ekanligini tushunish shunchalik murakkablashadi. Soxta yangiliklar paydo bo‘lishi mumkin”, deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Italiyaning Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish idorasi dunyoda birinchi bo‘lib ChatGPT chat-botidan foydalanishga vaqtinchalik cheklov joriy etgandi. Bunga shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha qonun buzilishi sabab bo‘lgan edi. Keyinchalik Germaniyada ham ChatGPT’ini bloklash ko‘rib chiqilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ChatGPT Sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing