Sun’iy intellektning xatosini topganga 20 ming dollar beriladi

Bu qiziq

doc_2023-04-12_15-38-58

OpenAI kompaniyasi ChatGPT sun’iy intellektidagi xatoliklarni aniqlaganlarga 20 ming dollargacha mukofot va’da qildi. Bu haqda kompaniyaning seshanba kungi blog postida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, kompaniya chatbot tizimidagi kamchilik va xatoliklarni aniqlashga qaratilgan "Bug Bounty Program" dasturiga start bergan. Unga ko‘ra, kichik kamchiliklarni aniqlaganlarga 200 dollar, "alohida kashfiyotlar" uchun esa 20 ming dollargacha mukofot berilishi ma’lum qilingan.

Kompaniyaga ko‘ra, 7 ta xatolikni aniqlaganlar uchun allaqachon mukofot pullari o‘tkazib berilgan. Mukofot berilmaydigan xatoliklar sifatida esa "modelni sizga yomon gaplar aytishga majbur qilish" va "modelni siz uchun zararli kod yozishga majburlash" kabi holatlar keltirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT bir necha soniya ichida bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘ygan edi. Shuningdek, sun’iy intellekt futbol bo‘yicha barcha davrlarning eng kuchli o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoani ham tuzib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

ChatGPT Sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing