Sun’iy intellektga qarshi chiqqan Ilon Mask shu soha bo‘yicha kompaniyaga asos soldi

Olam

image

Ilon Mask AQSHning Nevada shtatida sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi

Qayd etilishicha, Mask kompaniyaning direktori sifatida Jared Birchall esa uning kotibi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Yangi kompaniya nomi Maskning boshqa bir korporatsiyasi X.Corp nomi bilan mos ravishda tanlangan – X.AI Corp. 

Ma’lumotlarga qaraganda, milliarder bir necha oydan buyon ChatGPT chatbotini yaratgan OpenAI kompaniyasi bilan raqobatlasha oladigan sun’iy intellekt startapini yatratish uchun jamoa yig‘ish bilan band bo‘lgan. Mask Alphabet korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan DeepMind AI laboratoriyasining olimi Igor Babushkinni yollashga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u OpenAI kompaniyasi xodimlarini ham ishga taklif qilgan. Biroq buning iloji bo‘lmagan. 

Shu yilning mart oyida Ilon Mask va bir qancha mutaxassislar umumiy xavfsizlik protokollari yaratilgunga qadar sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatib turishni so‘rab, ochiq xat yozgan edi. Ular ushbu texnologiya insoniyat uchun xavf tug‘diradi deb hisoblagan. O‘shanda OpenAI'ni moliyalashtiruvchi Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts sun’iy intellekt texnologiyasi insoniyatga foyda keltirishini va uning rivojlanishini to‘xtatishning hojati yo‘qligini aytgan. Bundan tashqari, u sun’iy intellekt rivojlanishini qanday to‘xtatish mumkinligini tushunmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT bir necha soniya ichida bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘ygan edi. Shuningdek, sun’iy intellekt futbol bo‘yicha barcha davrlarning eng kuchli o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoani ham tuzib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask ChatGPT Sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing