Sun’iy intellekt yordamida odamlardan katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

Olam

image

Firibgarlar o‘tgan yilda neyron tarmoqlar va sun’iy intellekt yordamida shifokorlar va advokatlarning ovozlarini soxtalashtirish orqali bexabar odamlardan taxminan 11 mln AQSH dollari o‘g‘irlashgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda bunday holatlar ko‘payib bormoqda. Bundan nafaqat oddiy odamlar, balki turli korxonalar ham jabr ko‘rmoqda.

Avvalroq, xitoylik bank menejeri firibgar ovozini “bank direktori” deb o‘ylagan va 35 million AQSH dollari o‘tkazib bergan. Xuddi shunday hodisa Britaniya energetika firmasida ham sodir bo‘lgan.

U yerda bexabar xodim oluvchi asosiy firmaning bosh direktori ekanligiga ishonch hosil qilganidan keyin jinoyatchilarga taxminan 250 ming AQSH dollari o‘tkazib bergan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kiberxavfsizlik Sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing