Sun’iy intellekt tabiatga qanchalik zarar keltirmoqda?

Texnologiya

image

Texnologik kompaniyalar o‘zlari ishlab chiqargan sun’iy intellekt modellarining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, sun’iy intellektdan foydalanish nafaqat energiya talab qiladi, balki suv zaxiralarini ham kamaytiradi.  Google’ning Gemini sun’iy intellekti boshqa modellar bilan solishtirilganda ekologiyaga kamroq zarar keltirishi mumkinligi aniqlandi. Bu xaqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi texnik hujjatlarga ko‘ra, Google Gemini chat-botida bitta so‘rovni ishga tushirish televizorni 9 soniya tomosha qilish uchun sarflanadigan energiyaga (0,24 vatt-soat) teng. Har bir so‘rov uchun chiqariladigan karbonat angidrid taxminan 0.03 gramni tashkil qiladi. Ushbu SI modelining suv iste’moli esa taxminan 0.26 millilitr yoki taxminan besh tomchi suvni ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Gemini va ChatGPT kabi SI modellarining ishlashida zarur bo‘lgan  ma’lumotlar markazidagi uskunalar suv orqali sovutiladi. U yerda kuchli issiqlik hosil qilivchi minglab serverlar  mavjud.  Suv uskunaning qizib ketishini oldini olib, issiqlikni tarqatadi. Natijada ular uzluksiz va barqaror ishlaydi.

Google’ning yozishicha, har bir qidiruv uchun chiqariladigan  CO2 emissiyasi (uglerod dioksidini atmosfera yoki tuproqqa chiqarish jarayoni) juda oz miqdorni ko‘rsatadi. Open AI’ning ChatGPT modelini Google Gemini bilan solishtirsak, unda  har bir so‘rov uchun  2.9 vatt energiya sarflanadi va  4.3 gramm karbonad angidrid chiqariladi.

Xalqaro energetika agentligining ta’kidlashicha, kelgusi besh yil ichida energiyaga bo‘lgan talab ikki baravar oshgan bo‘lib, bu yiliga 945 teravatt soatni tashkil etgan.

Atrof-muhit bo‘yicha so‘ngi hisobotlarga ko‘ra, Google’ning CO2 emmisiyasi  2019 yildan beri 51 foizga oshgan. Bunga, asosan, SI uchun zarur bo‘lgan uskunalarni ishlab chiqarishga va yig‘ishga sarflanadigan karbonad angidrid gazlari kiradi.

Google’ning yozishicha, uning SI modellari samaraliroq bo‘lib bormoqda. Sababi 2024 yil avgustidan beri energiya sarfi 33 barobarga, uglerod izi esa 44 barobarga kamaygan.

Muammo shundaki, Google Gemini bir kunda qancha savollarni qabul qilishini ochiqlamaydi. Shuning uchun uning umumiy qancha energiya sarflashi haqida ma’lumot yo‘q. Bildirilishicha, bu atrof-muhit bilan bo‘lgan munosabatlarni yashirishga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI yangi AI modeli GPT-5’ni taqdim etgandi. GPT-5 kamroq faktlar to‘qiydi va javob bera olmasligini faolroq tan oladi. Yangi versiyani ishlab chiqishda 5 ming soatlik xavfsizlik sinovlari o‘tkazilgan.

Malikabonu Muhammedova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tabiat Sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing