Sun’iy intellekt “Oltin to‘p”ning kelgusi 10 nafar g‘olibini e’lon qildi

Sport

image

Kelgusi o‘n yillik “Real”ning fransiyalik a’zosi Killian Mbappe 2 marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritadi. Bu haqda sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT taxmin qildi.

ChatGPT'ga ko‘ra, joriy mavsum yakunlari bo‘yicha norvegiyalik futbolchi Erling Xoland sovrinni qo‘lga kiritadi. 2026 va 2028 yillarda esa Kilian Mbappe “Oltin to‘p”ga ega chiqishi taxmin qilinmoqda. 2027 yil esa angliyalik futbolchi Jud Bellingem yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi kutilyapti.

Hozirgi vaqtda o‘zining fenomenal o‘yinlari bilan barchani lol qoldirayotgan “Barselona”ning yosh futbolchisi Lamin Yamal esa 2033 yilga kelibgina sovrinni qo‘lga kiritishi taxmin qilingan. 2034 yilgacha “Real” futbolchilari 4 marta, “Barselona” a’zolari esa 2 marta “Oltin to‘p”ga ega chiqishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023/24 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha “Oltin to‘p” natijalari internetga chiqarib yuborilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Oltin to'p Sun'iy intelekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing