So‘m dollar, yevro va rublga nisbatan yana qadrsizlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 1 dekabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 427 so‘m ,38 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12 so‘m 52 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 473 so‘m 23 tiyinga baholanib, 128 so‘m 50 tiyinga qimmatladi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 79 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 137 so‘m 48 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing