Sulton Ibrohim Malayziya hukmdori etib saylandi

Olam

image

Sulton Ibrohim Malayziya Oliy Monarxi etib saylandi. U 2024 yilning 31 yanvarida o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. Bu haqda “Bernama” agentligi xabar berdi.

Yangi davlat rahbarini saylash tartibi mamlakat poytaxti Kuala-Lumpurdagi monarxning qarorgohi Istana Negara saroyida bo‘lib o‘tgan. Malayziyaning amaldagi oliy rahbari Abdulloh Riayatuddin Al-Mustafo Billoh o‘z vakolatlarini 2024 yilning yanvarigacha yakunlashni rejalashtirmoqda. U 2019 yil 31 yanvardan beri hokimiyat tepasida.

Ma’lumot uchun, Malayziyaning oliy rahbari asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Konstitutsiyaga ko‘ra, hukumatning har qanday qarori uning nomidan va uning roziligi bilan qabul qilinadi, lekin amalda monarx hukumat yoki parlament tavsiyalari asosida qaror qabul qiladi. So‘nggi yillardagi siyosiy beqarorlik monarxiyaning ta’sirchan institutga aylanishiga olib keldi: 2020-2022 yillarda qirol uch marta hukumat boshlig‘ini tayinladi.

Mamlakatda irsiy sultonlarni oliy rahbar lavozimiga almashtirishning noyob tizimi mavjud. U o‘zining o‘rinbosari (vitse-royi) bilan birga to‘qqiz shtatning merosxo‘r hukmdorlari orasidan besh yil muddatga saylanadi (ketma-ket ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqisiz). Nomzod qirollik lavozimi shakllantirilgan 1957 yilda tuzilgan ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya Sulton Ibrohim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing