Sukut – alomati rizo: “Tolibon” yangi nikoh qonunini qabul qildi

Olam

image

Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumati nikoh va oilaviy munosabatlarga oid yangi qonunni qabul qildi. Hujjatdagi eng bahsli bandga ko‘ra, balog‘at yoshiga yetgan “bokira qiz”ning sukut saqlashi nikohga rozilik sifatida talqin qilinadi. Bu haqda “Firstpost” xabar berdi.

“Er-xotinlar o‘rtasidagi ajrashish tamoyillari” deb nomlangan 31 moddadan iborat nizom “Tolibon” oliy yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda tomonidan tasdiqlangan.

Qonun voyaga yetmaganlar nikohi, bedarak yo‘qolgan turmush o‘rtoqlar, zinoda ayblash va majburiy ajrashish bilan bog‘liq masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qonunda bolaligida turmushga chiqarilgan shaxs voyaga yetgach nikohni bekor qilishi mumkinligi ham qayd etilgan.

Yangi nizom “Tolibon”ning ayollar va qizlarga nisbatan olib borayotgan siyosati ortidan xalqaro miqyosda yangi tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Inson huquqlari himoyachilari bolalar nikohida haqiqiy rozilik bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.

“Bolalar nikohi hech qanday ma’noda haqiqiy nikoh emas. Bola to‘g‘ri rozilik bera olmaydi va sukunatni rozilik deb bilish xavflidir, chunki bu qiz bolani o‘z ovozidan butunlay mahrum qiladi”, dedi siyosiy sharhlovchi Fahima Muhammad.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” Afg‘onistonda ketma-ket besh yildan buyon 6-sinfdan yuqori bo‘lgan qizlarning ta’lim olishini cheklab kelayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Tolibon nikoh sukut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing