So‘kong‘ich hokim ko‘tarildi. Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li Olmazorga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani, uning o‘rnini 2018 yildan 2020 yilning avgustigacha Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlagan Hojiakbar Tillashayxov egallashi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Toshkent shahar hokimligi tomonidan bugun, 30 yanvar kuni berilgan ma’lumotga ko‘ra, Olmazor tumaniga Abdumajid Mullajonov tayinlangan. 

U 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

Ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, yangi hokim Markaziy bankning sobiq raisi marhum Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li. 

Olmazorning sobiq hokimi – Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Baxtiyor Rahmonov esa Olmazor tumanigacha Sergeli tumani hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Ikki tumanda ham uning rahbarlik davri ko‘plab “yorqin” xotiralar bilan tilga olinadi. Xususan 2019 yilning avgust oyida QALAMPIR.UZ Rahmonovga oid sharmandali audioyozuvni e’lon qilgandi.

Ushbu audioyozuvda hokim Baxtiyor Rahmonov yig‘ilish ishtirokchilariga qayta-qayta so‘kib murojaat qilayotgani, ularni haqoratlayotgani, qamatish, ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilayotganini tinglash mumkin.

Audioyozuv tarqalgach, hokim o‘zgarganmi yo yo‘q, bunisi bizga qorong‘u. Biroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘sha vaqtda uning himoyasiga otlanib, QALAMPIR.UZ’dan ushbu audioyozuv hokimniki ekanini tasdiqlaydigan ekspertiza talab qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor tumani Baxtiyor Rahmonov Abdumajid Mullajonov

Baholaganlar

949

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing